Ijtimoiy-gumanitar fanlar

SHАRQ MUTАFАKKIRLАRI VА XАLQ DONISHMАNDLIGI MEROSIDА SOG‘LOM TURMUSH TАRZI HАQIDАGI ILG‘OR PEDАGOGIK G‘OYАLАR

sog‘lom turmush tarzi, Sharq mutafakkirlari, xalq donishmandligi, pedagogik g‘oyalar, tarbiya, milliy qadriyatlar, ma’naviy barkamollik, jismoniy rivojlanish, sog‘lom avlod.

Mualliflar

Mazkur maqolada Sharq mutafakkirlari hamda xalq donishmandligi merosida sog‘lom turmush tarziga oid ilg‘or pedagogik
g‘oyalar tahlil qilinadi. Tadqiqotda inson salomatligini saqlash, jismoniy va ma’naviy barkamollikka erishish, to‘g‘ri ovqatlanish,
mehnat va dam olish muvozanatini ta’minlash kabi masalalar Sharq allomalari qarashlari asosida yoritilgan. Shuningdek, xalq
og‘zaki ijodi namunalarida aks etgan sog‘lom hayot tamoyillari va ularning tarbiyaviy ahamiyati ochib berilgan. Maqolada
sog‘lom turmush tarzini shakllantirishda pedagogik yondashuvlar, milliy qadriyatlar va an’analarning o‘rni asoslab beriladi.
Tadqiqot natijalari zamonaviy ta’lim jarayonida sog‘lom turmush madaniyatini rivojlantirishda muhim nazariy va amaliy
ahamiyat kasb etadi.