Ijtimoiy-gumanitar fanlar

INGLIZ VA QORAQALPOQ QARINDOSHLIK TERMINOLOGIYASIDA GENDERNING MAQOLLAR ORQALI IFODALANISHI

Qarindoshlik terminologiyasi, gender leksikasi, maqol va matallar, qiyosiy tilshunoslik, semantik tahlil, madaniy me’yorlar, turkiy tillar, ingliz qarindoshlik terminologiyasi

Mualliflar

Ushbu maqolada qoraqalpoq va ingliz tillaridagi ayol shaxsini bildiruvchi qarindoshlik va ijtimoiy terminlarda genderning
kodlanishi tahlil qilinadi. Tadqiqotning asosiy e’tibori ayollarga oid terminlarning semantik tuzilishi hamda ularning ijtimoiy va
oilaviy rollarni qanday aks ettirishiga qaratilgan. Ayollarni bildiruvchi qarindoshlik atamalari til orqali gender, nikoh holati va
ijtimoiy mavqening ifodalanishini ko‘rsatadi. Tadqiqotda qoraqalpoq tilidagi hayal, qatin, zayıp, jesir, ene, biykesh, kelin, abisin,
jenge, kishe, jawan kabi terminlar tahlil qilinadi