Ijtimoiy-gumanitar fanlar

UMUMIY O‘RTA TALIM MAKTAB O‘QUVCHILARINI JARAYONGA ASOSLANGAN YONDASHUV ASODIDA YOZUV KO‘NIKMASINI RIVOJLANTIRISH (5-6 SINFLAR MISOLIDA)

jarayonga asoslangan yondashuv, yozuv ko‘nikmasi, yozma nutq, yozuv jarayoni, tahrirlash, rejalashtirish, ijodiy fikrlash, interfaol metodlar, kompetensiyaviy yondashuv, o‘quvchi faolligi, metodika.

Mualliflar

Mazkur maqola umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5-6-sinf o‘quvchilarida yozuv ko‘nikmalarini shakllantirish va
rivojlantirishning zamonaviy metodlaridan biri bo‘lgan jarayonga asoslangan yondashuvni o‘rganishga bag‘ishlangan.
Tadqiqotda yozuv faoliyati yakuniy mahsulot sifatida emas, balki o‘zaro bog‘liq va izchil bosqichlardan iborat murakkab jarayon
sifatida talqin etiladi. Xususan, yozuvning tayyorgarlik (g‘oya yig‘ish), rejalashtirish, dastlabki matnni yaratish, tahrirlash, qayta
ishlash va yakuniy variantni shakllantirish bosqichlarining har biri o‘quvchilarning yozma nutqini rivojlantirishdagi o‘rni nuqtayi
nazaridan chuqur tahlil qilinadi. Maqolada jarayonga asoslangan yondashuvning afzalliklari an’anaviy, natijaga yo‘naltirilgan
usullar bilan qiyosiy tahlil qilinib, uning o‘quvchilarda mustaqil fikrlash, mantiqiy izchillik, matn tuzish madaniyati hamda ijodiy
yondashuvni rivojlantirishdagi ahamiyati asoslab beriladi.