Ijtimoiy-gumanitar fanlar

TA’LIM MENEJMENTIDA GENDER YONDASHUVGA OID MUAMMOLAR TAHLILI VA YECHIMLARI

maktab boshqaruvi, mentoring va kouching dasturlari, gender yondashuv, shisha shift, shisha jarlik, gender stereotiplari.

Mualliflar

  • Xolidaxon YUNUSOVA Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik mahorat instituti tayanch doktoranti, Uzbekistan

Mazkur maqolada O‘zbekiston ta’lim tizimi kontekstida maktab boshqaruvida ayol rahbarlar duch kelayotgan to‘siqlar va
mavjud imkoniyatlar tahlil qilinadi. Tadqiqotda gender tengligi, rahbarlikka erishish yo‘llari, institutsional va madaniy to‘siqlar,
shuningdek, mavjud qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari kabi masalalar yoritilgan. Statistik ma’lumotlar va xalqaro tajribalar
asosida ayollarning rahbarlik lavozimlariga intilish jarayonida duch keladigan ijtimoiy, oilaviy va tizimli bosimlar, shuningdek,
ular uchun mavjud bo‘lgan imkoniyatlar – xususan, ta’lim dasturlari va mentoring tashabbuslari tahlil qilingan