Ijtimoiy-gumanitar fanlar

TARBIYA JARAYONIDA QADRIYATLAR ASOSIDA SHAXSNI SHAKLLANTIRISH TEXNOLOGIYALARI

qadriyatlar, tarbiya jarayoni, shaxsni shakllantirish, pedagogik texnologiyalar, ma’naviy-axloqiy tarbiya, refleksiya, kompetensiya, innovatsion yondashuv

Mualliflar

  • Ozoda TOLIPOVA PhD, dotsenti v.b. Qo‘qon davlat universiteti, Qo‘qon, O‘zbekiston, Uzbekistan

Mazkur maqolada tarbiya jarayonida milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida shaxsni shakllantirish texnologiyalari nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqot davomida qadriyatlarga asoslangan pedagogik yondashuvlarning mohiyati, ularning ta’lim jarayonidagi o‘rni hamda samaradorligi aniqlangan. Aralash metodologiya asosida olib borilgan tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, qadriyatlarga asoslangan texnologiyalar talabalarning ma’naviy-axloqiy rivojlanishi, mustaqil fikrlashi va ijtimoiy faolligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Tadqiqot yakunida tarbiya jarayonini takomillashtirishga doir amaliy takliflar ishlab chiqilgan.