Tabiiy fanlar

FLAVONOIDLARNING EKSPERIMENTAL DIABET SHAROITIDA GLYUKOZANING METABOLIK REGULYATSIYASI VA α-AMILAZA FAOLLIGIGA TA’SIRI

qandli diabet, flavonoidlar, kversetin, digidrokversetin, α-amilaza, glyukoza, albumin.

Mualliflar

  • Rasulbek ESAMURATOV Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti magistranti, Uzbekistan
  • Maftuna BOZOROVA Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti magistranti, Uzbekistan
  • Lubov KUCHKAROVA Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti professori, Uzbekistan
  • Hasan QAYUMOV Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti dotsenti v.b., Uzbekistan

Ushbu tadqiqot ishida alloksan yordamida chaqirilgan eksperimental qandli diabet sharoitida flavonoidlar - kversetin va
digidrokversetinning uglevod almashinuvi ko‘rsatkichlariga ta’siri o‘rganildi. Tajribada 150-180 g tana vazniga ega Wistar zotli
kalamushlarda diabet modeli yaratildi. 14 kun davomida 25 mg/kg dozada peroral yuborilgan flavonoidlarning qondagi glyukoza,
α-amilaza va albumin ko‘rsatkichlariga ta’siri baholandi. Natijalar flavonoidlar qo‘llanilishi fonida giperglikemiya, α-amilaza
faolligi va giperalbuminemiya sezilarli darajada kamayganini ko‘rsatdi. Olingan ma’lumotlar kversetin va digidrokversetinning
gipoglikemik, antioksidant va metabolik korreksiyalovchi xususiyatlarga ega ekanligini hamda diabet patogenezida istiqbolli
vosita bo‘lishi mumkinligini tasdiqlaydi.