Ijtimoiy-gumanitar fanlar

LUG‘AT MAQOLADA YOZUV FORMATI, PUNKTUATSION BELGILAR HAMDA LEKSIKOGRAFIK MARKERLARNING O‘RNI

leksikografiya, lug‘at maqolasi, mikrotuzilma, yozuv formati, punktuatsiya, leksikografik markerlar, uslubiy pometkalar

Mualliflar

Mazkur maqola zamonaviy tilshunoslikning eng dolzarb va amaliy sohalaridan biri bo‘lgan leksikografiya (lug‘at tuzish mahorati)da lug‘at maqolasining mikrostrukturaviy shakllanish qonuniyatlariga bag‘ishlangan. Tadqiqotda lug‘at nafaqat lisoniy birliklar to‘plami, balki murakkab semiotik va vizual tizim ekanligi asoslab beriladi. Muallif lug‘at maqolasining tashqi va ichki arxitektonikasini belgilovchi asosiy vositalar: yozuv formati, punktuatsion belgilar va maxsus leksikografik markerlarning o‘rni hamda funksional vazifalarini tizimli ravishda tahlil qiladi.