Ijtimoiy-gumanitar fanlar

O‘ZBEKISTONDA AYOLLAR IJTIMOIY MAS’ULIYATINI RIVOJLANTIRISHDA GENDER SIYOSATNING IJTIMOIY AHAMIYATI

strategiya, ayollar mas’uliyati, mas’uliyat, ijtimoiy mas’uliyat, islohot, fidoyilik, burch, majburiyat va ijtimoiy vazifa

Mualliflar

  • Dilmura JO‘RABOYEVA Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumani 40-umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘qituvchisi Farg‘ona davlat universiteti tadqiqotchisi, Uzbekistan

Mazkur maqolada O‘zbekistonda ayollarning ijtimoiy mas’uliyatini rivojlantirish jarayonida gender siyosatning ijtimoiy ahamiyati
tahlil qilinadi. Bugungi kunda gender tenglik masalasi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida qaralmoqda va bu
jamiyat taraqqiyotining muhim omiliga aylanmoqda. Gender siyosatning samarali amalga oshirilishi ayollarning jamiyatdagi o‘rni
va rolini mustahkamlash, ularning ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy jarayonlardagi ishtirokini kengaytirish imkonini beradi. Shu nuqtai
nazardan, ayollarning ijtimoiy faolligini oshirish nafaqat oilaviy barqarorlikni ta’minlaydi, balki butun jamiyat rivojiga ham ijobiy
ta’sir ko‘rsatadi. Maqolada gender siyosat doirasida amalga oshirilayotgan islohotlar, xususan, ayollarni qo‘llab-quvvatlash
dasturlari, ularning bandligini ta’minlash, ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirish va tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish
masalalari yoritilgan.