Ijtimoiy-gumanitar fanlar

ABDUQAYUM YO‘LDOSHEV HIKOYALARIDA OTA OBRAZINING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK TALQINI VA MAHORAT MASALASI

Badiiy mahorat, ota obrazi, ijtimoiy muhit, shaxs tanazzuli, psixologizm, retrospektiv syujet, badiiy detal, epik konflikt, ma’naviy inqiroz

Mualliflar

Mazkur maqolada zamonaviy o‘zbek adabiyotining taniqli vakili Abduqayum Yo‘ldoshev hikoyachiligida ota obrazi va uning badiiy-psixologik talqini tadqiq etiladi. Muallif adibning “Mubtalo” hamda “Vunderkind” kabi asarlarini tahlil qilish orqali ota xarakterining ijtimoiy muhit ziddiyatlari va siyosiy tuzum inqirozi fonida ochib berilishini ilmiy asoslaydi. Tadqiqotda obrazlar ruhiyatidagi evrilishlar, xususan, qahramonlarning jamiyat qusurlari ta’sirida shaxs sifatida tanazzulga yuz tutishi masalalari adabiyotshunos olimlarning nazariy qarashlari bilan qiyoslanadi. Shuningdek, yozuvchining birinchi shaxs tilidan hikoya qilish mahorati, hayotiy detallarni umumlashtirish uslubi va badiiy matndagi retrospektiv syujet imkoniyatlari yoritilgan. Maqolada keltirilgan xulosalar shuni ko‘rsatadiki, A.Yo‘ldoshev ijodida ota obrazi shunchaki oila boshlig‘i emas, balki davr irodasiga bo‘ysundirilgan, ma’naviy-axloqiy muammolar ko‘zgusi sifatida gavdalanadi. Ilmiy ishning natijalari zamonaviy o‘zbek nasridagi xarakterlar psixologiyasini o‘rganishda muhim ahamiyatga ega.