Ijtimoiy-gumanitar fanlar

BOLALAR MUSIQA VA SAN’AT MAKTABLARI KUY VA QO‘SHIQCHILIK SAN’ATINI YUKSALTIRISHNING DASTLABKI O‘QUV DARGOHLARI (NAVOIY VILOYATI MISOLIDA)

Ixtisoslashtirilgan, damli, zarbli cholg‘u, folklor, musiqa san’ati, milliy musiqiy meros, madaniy taraqqiyot, estetik tarbiya, madaniyat, Shashmaqom, xalq qo‘shiqlari.

Mualliflar

Mazkur maqolada Navoiy viloyatida musiqa va qo‘shiqchilik san’ati rivojida musiqa va san’at maktablarining o‘rni va ahamiyati tahlil qilingan. Shuningdek, ta’lim muassasalarining yosh avlodga musiqiy bilim va ko‘nikmalar berish, iste’dodlarni aniqlash va rivojlantirish, milliy madaniy merosni saqlash va targ‘ib qilishdagi roli yoritilgan. Shu bilan birga, musiqa maktablarining hududda madaniy muhitni shakllantirish, yoshlarni ma’naviy-estetik tarbiyalash va ularni san’atga jalb etishdagi o‘rni ilmiy jihatdan tahlil etilgan.