Ijtimoiy-gumanitar fanlar

TERMINOLOGIK QARASHLARNING TARIXIY EVOLYUTSIYASI: KLASSIK NAZARIYALARDAN KOGNITIV VA KOMMUNIKATIV YONDASHUVLARGA O‘TISH

terminologiya, an’anaviy yondashuv, zamonaviy yondashuv,kognitiv yondashuv, kommunikativ paradigma, termin evolyutsiyasi, konsept, diskurs, semantika.

Mualliflar

Mazkur maqolada terminologiya fanining shakllanish va rivojlanish bosqichlari tarixiy, nazariy va metodologik nuqtayi nazardan tahlil qilinadi. An’anaviy preskriptiv terminologiya tamoyillaridan boshlab, XX asr oxiri – XXI asr boshlarida shakllangan kognitiv va kommunikativ yondashuvlarning ilmiy asoslari ochib beriladi. Termin tushunchasining konseptual, diskursiv va pragmatik talqinlari qiyosiy tahlil qilinadi. Tadqiqotda ilmiy adabiyotlarni sistematik tahlil qilish, kontent-analiz va qiyosiy metodlardan foydalanilgan.