Ijtimoiy-gumanitar fanlar

NEMIS TILIDA CHEGARALANGAN FE’LLAR BILAN PRETERIT SHAKLINING SEMANTIK XUSUSIYATLARI

Aspektuallik, preterit, chegaralangan fe’llar, limitativ neytral fe’llar, aksional semantika, terminativlik, natijaviylik, jarayonlilik, aspektual dualizm, kontekst, nemis tili.

Mualliflar

Ushbu maqolada nemis tilidagi preterit shaklining aspektual semantikasi, ayniqsa chegaralangan (telik) fe’llar bilan qo‘llanishi tahlil qilinadi. Tadqiqotda preterit shaklining faqat temporal vosita sifatida emas, balki turli aspektual vaziyatlarni ifodalovchi muhim grammatik birlik sifatida namoyon bo‘lishi asoslab beriladi. Tahlil materiali sifatida asosan Goethe asarlaridan olingan misollar asosida fe’llarning aksional xususiyatlari hamda ularning kontekstual talqini o‘rganildi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, chegaralangan fe’llar ko‘pincha terminativ va natijaviy vaziyatlarni ifodalaydi, limitativ neytral fe’llar esa aspektual jihatdan variativ bo‘lib, harakatning ham jarayonli, ham tugallangan shakllarini ifodalashi mumkin.
Shuningdek, maqolada aspektual dualizm hodisasi ham alohida tahlil qilinadi.