Ijtimoiy-gumanitar fanlar

FASILITATSION YONDASHUV VA RAQAMLI TA’LIM PLATFORMALARI ORQALI BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARINING IQTISODIY VA PSIXOLOGIK KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH

fasilitatsion yondashuv, raqamli ta’lim platformalari, iqtisodiy kompetentlik, psixologik kompetentlik, boshlang‘ich ta’lim, bo‘lajak o‘qituvchilar, raqamli pedagogika, kompetensiyaviy yondashuv, interaktiv ta’lim, ta’lim texnologiyalari

Mualliflar

Mazkur tadqiqotda bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining iqtisodiy va psixologik kompetentligini rivojlantirish jarayonida fasilitatsion yondashuv va raqamli ta’lim platformalaridan foydalanishning ilmiy-metodik asoslari tahlil qilinadi. Zamonaviy ta’lim jarayonida kompetensiyaviy yondashuvni kuchaytirish, o‘quvchilarning mustaqil fikrlashini rivojlantirish hamda raqamli texnologiyalarni samarali integratsiya qilish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Tadqiqotda fasilitatsion yondashuv asosida tashkil etilgan ta’lim jarayoni talabalarning faolligini oshirishi, iqtisodiy tafakkurni shakllantirishi hamda psixologik barqarorlik va kommunikativ kompetensiyani rivojlantirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi asoslab beriladi.