Ijtimoiy-gumanitar fanlar

ZAMONAVIY PSIXOLOGIYADA KOPING STRATEGIYALAR TUSHUNCHASI VA METODOLOGIK YONDASHUVLAR

koping strategiya, stress, adaptatsiya, psixologik himoya, konstruktiv koping, kognitiv-bixevioral yondashuv, resurslar, shaxs barqarorligi, psixologik engib o‘tish.

Mualliflar

Ushbu maqolada zamonaviy psixologiyaning eng dolzarb yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan koping (engib o‘tish) xulq-atvori, uning
mazmun-mohiyati va metodologik asoslari tahlil qilinadi. Tadqiqotda “koping” tushunchasining paydo bo‘lishi, uning psixologik
himoya mexanizmlaridan farqli jihatlari hamda shaxsning stress omillariga nisbatan faol moslashuv jarayonlari yoritib berilgan.
Maqolaning metodologik qismida R. Lazarus, S. Folkman va N. Endler kabi olimlarning klassik yondashuvlari bilan bir qatorda,
koping strategiyalarni o‘rganishdagi tizimli-dinamik va situatsion yondashuvlar tahlil qilinadi. Natijada, koping strategiyalar
shaxsning ruhiy salomatligini saqlash va ijtimoiy adaptatsiyasini ta’minlovchi asosiy omil sifatida asoslab berilgan