Tabiiy fanlar

BACILLUS MEGATERIUM AVLODIGA MANSUB MIKROORGANIZMLARNING PHASEOLUS VULGARIS VA PHASEOLUS LUNATUS O‘SIMLIGI RIVOJLANISHIGA TA’SIRI

Phaseolus vulgaris, Phaseolus lunatus, qalamcha, oziq-ovqat, azotfiksatsiya

Mualliflar

  • Sitora SAMADIY PhD, katta o‘qituvchi, O‘zbekiston Milliy universiteti, Uzbekistan
  • Bahora JALOLOVA PhD, o‘qituvchi, O‘zbekiston Milliy universiteti, Uzbekistan

Phaseolus vulgaris va Phaseolus lunatus qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan oqsilga boy ikkilamchi o‘simliklar hisoblanadi.
Yerni azotga bo‘lgan talabini qondirish maqsadida dukkakli o‘simliklarni yetishtirish eng muhim masalalardan biri hisoblanadi.
Dunyoda ekologik toza mahsulotlarga bo‘lgan talab eng katta muammalardan biri deb topilgan. Hozirda dukkakli o‘simliklarni
yetishtirish nafaqat oziq ovqat sanoatida balki qishloq xo‘jaligida tuproqning unumdorligini oshirish maqsadida ham joriy etib
kelinmoqda. Ko‘p yillik o‘simliklarni qalamchalarini rivojlantirishda, oralatib dukkakli o‘simliklar ekish ham eng katta samarali
usullardan biri. Sababi tuproq mikrobiotasini yanada boyitish bilan izohlanadi.