Ijtimoiy-gumanitar fanlar

O‘QUVCHILARNI О‘ZBEK TILIDA RAVON GAPIRISH KО‘NIKMASINI RIVOJLANTIRISH MAZMUNI

o‘zbek tili ta’limi, rus tilida ta’lim, gapirish ko‘nikmasi, kommunikativ kompetensiya, nutqiy faoliyat, o‘quv topshiriqlari, pedagogik model, interaktiv metodlar

Mualliflar

Mazkur maqolada ta’lim rus tilida olib boriladigan sinflarda o‘quvchilarning o‘zbek tilida gapirish ko‘nikmalarini rivojlantirish masalalari tahlil qilinadi. O‘zbek tilini ikkinchi til sifatida o‘qitishda kommunikativ yondashuvning ahamiyati, nutqiy faoliyat turlari hamda gapirish ko‘nikmasini bosqichma-bosqich shakllantirish metodikasi yoritilgan. Tadqiqotda o‘quvchilarning og‘zaki nutqini rivojlantirishga qaratilgan pedagogik model taklif etilib, unda motivatsion, kognitiv, amaliy va refleksiv bosqichlar asosida o‘qitish jarayonini tashkil etish mexanizmlari ko‘rsatib berilgan. Shuningdek, o‘quv topshiriqlari, interaktiv metodlar va kommunikativ mashqlar yordamida o‘quvchilarning nutqiy faolligini oshirish yo‘llari asoslab berilgan.