Tabiiy fanlar

SIRDARYO ВИЛОЯТИ SHAROITIDA KO‘K NO‘XAT GENOTIPLARI MIQDORIY BELGILARINING VARIATSIYALANGANLIK VA DETERMINATSIYALANGANLIK DARAJALARI

ko‘k no‘xat, variatsiya, determinatsiya, korrelyatsiya, seleksiya, tanlov, kriteriyalar, dukkak, don, dukkak uzunligi.

Mualliflar

  • Munira TASHBEKOVA Tayanch doktorant, Guliston davlat universiteti, Guliston, O‘zbekiston, Uzbekistan
  • Tojiddin KULIEV “Biologiya” kafedrasi dotsenti, q.х.f.n., Guliston davlat universiteti, Guliston, O‘zbekiston, Uzbekistan
  • Nigoraxon SULTONOVA Dotsent, PhD, Guliston davlat universiteti, Guliston, O‘zbekiston, Uzbekistan
  • Karomatxon ISMOILOVA Dotsent, PhD, Guliston davlat universiteti, Guliston, Uzbekiston, Uzbekistan

Mazkur maqolada ko‘k no‘xatning (Pisum sativum L.) “Shirin” va “Sputnik”navlari 12ta belgilari variatsiyalanganlik va
determinatsiyalanganlik darajalari to‘g‘risida ma’lumotlar o‘rin olgan. Olingan natijalarga ko‘ra, ko‘k no‘xatning miqdoriy
ko‘rsatkichlari o‘rtasida kuchsiz, o‘rta va kuchli korrelyatsion bog‘lanishlar aniqlangan. Kuchli korrelyatsion bog‘lanishlar
dukkaklar soni, uning og‘irligi, o‘simlikdagi don soni o‘rtasida qayd etilgan. O‘simlik bo‘yi, umumiy bo‘g‘inlar soni, birinchi
dukkak joylashgan bo‘g‘in, dukkakdagi don soni korrelyatsion bog‘lanish darajasi va tuzilishi bo‘yicha barqaror, dukkak uzunligi
va 1000 ta don og‘irligi kabi belgilarning bog‘langanlik darajasi pasaygan. Korrelyatsion bog‘lanishlar tuzilishi “mahsuldolik”,
“o‘simlik bo‘yi” kabi guruhlarga ajratilgan. Sug‘oriladigan tuproq sharoitida ko‘k no‘xat genotiplarida tanlov ishlarini olib
borishda dukkak uzunligi, og‘irligi va birinchi dukkak joylashgan bo‘g‘in o‘rniga ahamiyat berish tavsiya etilgan.