Ijtimoiy-gumanitar fanlar

POLILOGIK NUTQ ORQALI TALABALARNING KOMMUNIKATIV FAOLLIGINI OSHIRISHNING METODIK IMKONIYATLARI

polilogik nutq, kommunikativ faollik, kommunikativ kompetensiya, talabaga yo‘naltirilgan ta’lim, dialogik pedagogika, hamkorlikka asoslangan o‘qitish, interfaol metodlar, xorijiy til o‘qitish metodikasi, og‘zaki nutq, auditoriya muloqoti

Mualliflar

  • Utkir MURADOV Dotsent, O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti, Uzbekistan

Mazkur maqolada oliy ta’lim tizimida polilogik nutq orqali talabalarning kommunikativ faolligini oshirishning metodik imkoniyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqot markazida xorijiy til darslarida ko‘p ishtirokchidan iborat muloqotni tashkil etish, talabalarni passiv tinglovchidan faol nutqiy faoliyat ishtirokchisiga aylantirish hamda tinglash, savol berish, dalillash va o‘z pozitsiyasini himoya qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish masalalari turadi. Tadqiqotda analitik, qiyosiy, umumlashtirish va metodik modellashtirish usullaridan foydalanildi. Maqolada kommunikativ kompetensiya, dialogik pedagogika, hamkorlikka asoslangan o‘qitish, loyihaviy og‘zaki nutq faoliyati va raqamli vositalar haqidagi ilmiy-metodik qarashlar umumlashtirildi.