Tabiiy fanlar

SERRATIA MARCESCENS VA PSEUDOMONAS PUTIDA BAKTERIYALARINING ANTAGONISTIK MUNOSABATLARI VA ANTIBIOTIKLARGA SEZGIRLIGI

Serratia marcescens, Pseudomonas putida, antibiotik, antagonistik, ampisilin, tetratsiklin.

Mualliflar

Ushbu tadqiqotda Serratia marcescens va Pseudomonas putida bakteriyalarining antagonistik munosabatlari va antibiotiklarga
sezgirligi o‘rganildi. Dual-culture cross-streak usuli yordamida olib borilgan tajribalar natijasida, ikkita shtammlar o‘rtasida aniq
antagonistik ta’sir kuzatilmagan. Antibiotik sezgirligi disk diffuziya usuli orqali aniqlanganda, tetratsiklin antibiotikiga nisbatan
yuqori sezgirlik aniqlangan, ammo ampisilin antibiotikiga rezistentlik ko‘rsatildi. Natijalar, antibiotiklarning bakteriyalarning
o‘sishi va metabolik faolligiga ta'sirini ko‘rsatadi va koeksistensiya jarayonlarini tushunishga yordam beradi.