Tabiiy fanlar

GLOBAL IQLIM O‘ZGARISHI SHAROITIDA NDSI XARITALARI YORDAMIDA SAMARQAND VILOYATI QOR QOPLAMI DINAMIKASINI O‘RGANISH

iqlim, o‘rtacha harorat, muzlik, kriosfera, qor qoplami, NDSI, yog‘inlar, Dunyo okeani, GAT.

Mualliflar

  • Muxriddin AVEZOV O‘zbekiston Milliy universiteti Tabiiy geografiya kafedrasi dotsenti, PhD, Uzbekistan
  • Banu DOSKENOVA Manash Qo‘ziboyev nomidagi Shimoliy Qozog‘iston universiteti Ekologiya va geografiya kafedrasi mudiri, b.f.n, Uzbekistan
  • Aziza ELMUROTOVA O‘zbekiston Milliy universiteti mustaqil izlanuvchisi, Uzbekistan

Mazkur maqolada muzliklar va qor qoplamining Yer iqlim tizimi va inson hayotidagi ahamiyati hamda iqlim o‘zgarishi ta’sirida
ularning jadal qisqarib borishi tahlil qilingan. Ushbu o‘zgarishlar natijasida Dunyo okeani sathi va global iqlim jarayonlarida yuz
berayotgan o‘zgarishlar yoritilgan. Shuningdek, muzliklar va qor qoplamini monitoring qilishda sun’iy yo‘ldosh ma’lumotlaridan
foydalanish imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan. Xususan, Landsat tasvirlari asosida Samarqand viloyati misolida 2000–2025-yillar
uchun NDSI (qor qoplamining normallashtirilgan farq indeksi) xaritalari GAT texnologiyalari yordamida ishlab chiqilgan.