Tabiiy fanlar

CHO‘L HUDUDLARIDA BARQAROR RIVOJLANISH OMILI SIFATIDA IQLIMIY RESURSLARDAN FOYDALANISH MASALALARI (BUXORO VILOYATI MISOLIDA)

iqlimiy resurslar, barqaror rivojlanish, Fog-Net texnologiyasi, atmosfera namligi, suv tanqisligi, muqobil energiya.

Mualliflar

Mazkur maqolada O‘zbekistonning cho‘l hududlarida, xususan Buxoro viloyati misolida, iqlimiy omillardan barqaror
rivojlanishni ta’minlashda foydalanish masalalari tahlil qilingan. Hududning keskin kontinental iqlimi, suv resurslarining
cheklanganligi va iqlim o‘zgarishi sharoitida quyosh va shamol energiyasi hamda atmosfera namligi (tuman va shudring)
suvlarini yig‘ish texnologiyalarining amaliy ahamiyati baholangan. Buxoro viloyatidagi meteorologik stansiyada 2018–2025
yillar oralig‘idagi kuzatuvlari asosida asosiy iqlimiy jarayonlar statistik jihatdan tahlil qilinib, Fog-Net texnologiyasini lokal va
yordamchi suv manbai sifatida joriy etish imkoniyatlari aniqlangan. Tadqiqot natijalari cho‘l hududlarida ekologik barqarorlikni
ta’minlash va tabiiy resurslardan oqilona foydalanishga xizmat qiladi.