Tabiiy fanlar

MAGNIT ANOMALIYALAR VA MINERALIZATSIYA ZONALARI O‘RTASIDAGI BOG‘LIQLIKNI GEOFIZIK TAHLILI (KULJUKTOG‘ HUDUDI)

Geologiya, geofizika, Kuljuktog‘, mineralizatsiya, ma’dan, magnitorazvedka, struktura.

Mualliflar

  • Nurbek INATOV H.M. Abdullayev nomidagi Geologiya va geofizika instituti direktori, PhD, Uzbekistan
  • Svetlana BORISOVA «O‘zbek geologiya qidiruv» AJ Markaziy GGE, yetakchi mutaxassis (geofizik ishlar bo‘yicha), Uzbekistan
  • Sergey MURASHKIN «O‘zbek geologiya qidiruv» AJ Markaziy GGE, aerogeofizika partiyasi boshlig‘i, Uzbekistan
  • Andrey SHVACHKA «O‘zbek geologiya qidiruv» AJ Markaziy GGE, geofizik ma’lumotlarni qayta ishlash partiyasi boshlig‘i, Uzbekistan
  • Iskandar ALLAMBERDIYEV H.M. Abdullayev nomidagi Geologiya va geofizika instituti laboratoriya boshlig‘i, PhD, Uzbekistan

Mazkur maqolada Kuljuktog‘ hududida olib borilgan magnitorazvedka tadqiqot ishlari geologik ma’lumotlar bilan taqqoslama
tahlil qilingan. Kuljuktog‘ maydonining geologik tuzilishi geofizik ma’lumotlar bilan yanada aniqlashtirilib, yangi istiqbolli
strukturalar va mineralizatsiya zonalari ajratildi. Mazkur tadqiqotda geologik xaritalash jarayonlarini takomillashtirishda
geofizik tadqiqotlarning nazariy va amaliy asoslarini ishlab chiqish masalalari Kuljuktog‘i maydoni misolida ko‘rib chiqildi.
Tadqiqotning dolzarbligi yopiq hududlarda murakkab geologik tuzilishi, chuqurlikda yotgan strukturalar va ma’danlashuv
zonalarini aniqlash zarurati bilan izohlanadi. An’anaviy geologik usullar bilan yopiq hududlarda tadqiqot olib borish imkoni
cheklangan paytda geofizik usullarni majmuaviy qo‘llash geologik xaritalarning aniqligini sezilarli darajada oshirish imkonini
beradi.