Ijtimoiy-gumanitar fanlar

O‘QUVCHILARDA KOMMUNIKATIV KOMPETENSIYANI SHAKLLANTIRISH

Kommunikativ kompetensiya, lingvistik kompetensiya, nutqiy kompetensiya, kasbiy kompetensiya, rolli o‘yin, lug‘at boyligi, ijtimoiy vaziyat, nutq yaratish, nutqiy vaziyat, o‘quv lug‘atlari

Mualliflar

  • Ozoda QAYUMOVA, O‘qituvchi, Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, Uzbekistan

Mazkur maqolada umumta’lim maktablari o‘quvchilarida kommunikativ kompetensiyani shakllantirishning nazariy va metodik asoslari yoritilgan. Kommunikativ kompetensiya tushunchasining mazmun-mohiyati hamda uning lingvistik, nutqiy, strategik, ijtimoiy va sotsiokulturologik tarkibiy qismlari tahlil qilinadi. Tadqiqotning asosiy maqsadi o‘quvchilarning kommunikativ qobiliyatlarini rivojlantirish va nutqiy faoliyatini takomillashtirishga xizmat qiluvchi samarali pedagogik yondashuvlarni aniqlashdan iborat. Tadqiqot jarayonida interfaol metodlar, nutqiy vaziyatlar yaratish, matn bilan ishlash, lug‘at ustida tizimli ishlash hamda rolli o‘yinlar kabi didaktik yondashuvlarning samaradorligi asoslab beriladi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, kommunikativ kompetensiyani shakllantirish uzluksiz, tizimli va maqsadga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon bo‘lib, u o‘quvchilarning lug‘at boyligini oshirish, nutq madaniyatini rivojlantirish hamda til vositalaridan samarali foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish orqali amalga oshiriladi.