Ijtimoiy-gumanitar fanlar

DZYUDOCHI-QIZLARDA TEXNIK VA TEZKOR-KUCH TAYYORGARLIGI ASIMMETRIYASINI TAHLIL QILISH HAMDA MUSOBAQA FAOLIYATI SAMARADORLIGINI OSHIRISH

Dzyudo, sportchi qizlar, texnik tayyorgarlik, tezkor-kuch, harakat asimmetriyasi, musobaqa faoliyati, biomexanik tahlil, samaradorlik.

Mualliflar

Mazkur maqolada dzyudochi-qizlarda uchraydigan texnik va tezkor-kuch tayyorgarligi darajasidagi asimmetriya (muvozanatsizlik) holatlari ilmiy asosda o‘rganildi. Tadqiqotda sportchilarning o‘ng va chap tomonlama texnik harakatlaridagi tafovutlar, ular bajaradigan kuchli va zaif usullar, shuningdek, reaksion tezlik va portlovchi kuch ko‘rsatkichlari tahlil qilingan. Shu asosda, harakat simmetriyasi bilan musobaqa faoliyati samaradorligi o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik aniqlanib, maxsus koreksion mashg‘ulotlar tizimi taklif qilingan.