Tabiiy fanlar

TURLI GEOEKOLOGIK VA SEYSMOEKOLOGIK SHAROITLARDA TO‘POLANG SUV OMBORI HUDUDIDA KUCHLI ZILZILALARNING NAMOYON BO‘LISHI VA SEYSMIK MIKROHUDUDLASHTIRISH TAHLILI

To‘polang suv ombori, seysmik xavfi, kuchli zilzilalar, geoekologik sharoitlar, seysmik-ekologik sharoitlar, seysmik mikrorayonlashtirish, Seysmik intensivlik orttirmasi, muhandislik-seysmologik tadqiqotlar, grunt sharoitlari.

Mualliflar

  • Axror XUSOMIDDINOV Seysmologiya instituti laboratoriya mudiri geologiya mineralogiya falsafa fanlari doktori (PhD) katta ilmiy xodim, Uzbekistan
  • Bobur ZIYOMOV PhD, dotsent,O‘zbekiston Milliy universiteti, Toshkent, O‘zbekiston, Uzbekistan
  • Sobirjon SUYUNOV O‘qituvchi, O‘zbekiston Milliy universiteti, Toshkent, O‘zbekiston, Uzbekistan

Ishda hududning geoekologik va seysmik-ekologik sharoitlarini hisobga olgan holda loyihalashtirilayotgan To‘polang suv
ombori hududida kuchli zilzilalarning namoyon bo‘lish xususiyatlari ko‘rib chiqilgan. Kompleks muhandislik-seysmologik va
muhandislik-geologik tadqiqotlar natijalari asosida grunt sharoitlariga bog‘liq holda seysmik xavflilik va Seysmik intensivlik
orttirmasi baholandi. Hisor tog‘ tizmasining janubiy qismi va unga tutash hududlarda sodir bo‘lgan vayronkor zilzilalarning
namoyon bo‘lishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar, shuningdek, seysmik hodisalarning takrorlanishini maxsus o‘rganish natijalari tahlil
qilingan. Muhandislik-geologik analogiya va muhandislik-seysmometrik kuzatuv usullaridan foydalangan holda To‘polang suv
ombori hududini seysmik mikrorayonlashtirish sxemasi ishlab chiqildi va turli kutilayotgan zilzila jadalligi zonalari ajratildi.