Tabiiy fanlar

TITAN (IV) IONLARINI IPAK FIBROIN TOLASIGA IMMOBILLANGAN KONGO QIZILI REAGENTI YORDAMIDA SORBSION-SPEKTROSKOPIK ANIQLASH

titan (IV), kongo qizili, sorbsion-spektroskopiya, ipak fibroini, titan kompleksi, reagentni immobillash.

Mualliflar

Ipak fibroini tolasiga immobillangan kongo qizili reagenti yordamida titan (IV) ionlarini sorbsion-spektroskopik aniqlash tadqiq
etildi. pH=4,6 bo‘lgan asetatli bufer eritmasida kompleks hosil bo‘lishining optimal sharoitlari aniqlandi. Kompleksning maksimal
nur yutilishi λ=575 nm sohasida qayd etildi. Optik zichlikning Ti(IV) konsentratsiyasiga bog‘liqligi 0,9–1,3 mkg/l diapazonida
chiziqli ekanligi aniqlandi. Kompleks tarkibida Ti-O bog‘i mavjudligi 600–500 sm⁻¹ sohasidagi IQ-spektroskopiya usuli bilan
tasdiqlandi. Ishlab chiqilgan metodika titan mikromiqdorlarini tahlil qilishda yuqori aniqlik va ekspresslikni ta’minlaydi.