Tabiiy fanlar

ATROF MUHIT OBYEKTLARIDAN BANAN PO'STLOG'IDAN OLINGAN SORBENT ASOSIDA Pb(II) IONLARINI ANIQLASHNING SPEKTROSKOPIK TAHLILI

Biosorbent, spektrofotometriya, skanerlovchi elektron mikroskopiyasi, rentgen-fluoressent, sorbsiya.

Mualliflar

Ushbu tadqiqotda Pb(II) ionlarini sorbsion-spektroskopik usulda aniqlash uchun banan po‘stlog‘i asosida tayyorlangan
biosorbentdan foydalanildi. Po‘stloqning sorbsion xususiyatlarini oshirish maqsadida KOH eritmasi bilan kimyoviy
modifikatsiyalandi, natijada sorbsiya samaradorligi sezilarli darajada yaxshilandi. Sorbsiya jarayoni pH 5,5–6,0 sharoitida 4 soat
davomida olib borildi. Olingan namunalar spektrofotometrik, skanerlovchi electron mikroskopiyasi (SEM) va rentgen-fluoressent
(XRF) usullari yordamida tahlil qilindi. Natijalar Pb(II) ionlarining biosorbentga samarali yutilganligini ko‘rsatdi: SEM tahlilida
8,99 %, XRF tahlilida esa 47,5 % qo‘rg‘oshin elementi aniqlandi. Olingan natijalar modifikatsiyalangan banan po‘stlog‘i
biosorbentining Pb(II) ionlarini samarali aniqlashda yuqori samaradorlikka ega ekanligini tasdiqlaydi.