Ijtimoiy-gumanitar fanlar

INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDA KRIMINAL TERMINLARNING STRUKTURAL-SEMANTIK XUSUSIYATLARI

Kriminal terminologiya, huquqiy termin, struktural-semantik tahlil, jinoyat semantik maydoni, ingliz tili, o‘zbek tili, termin, leksik lakuna, huquqiy diskurs, tarjima, terminologik tizim.

Mualliflar

  • Muqimjon AXUNOV PhD, ADChTI, Ingliz tili nazariy aspektlari kafedrasi dotsenti , Uzbekistan

Mazkur maqolada ingliz va o‘zbek tillarida kriminal terminlarning struktural-semantik xususiyatlari qiyosiy-lingvistik nuqtayi nazardan tahlil qilinadi. Tadqiqotning dolzarbligi huquqiy munosabatlarning murakkablashuvi, jinoyatchilik shakllarining ko‘payishi, xalqaro huquqiy kommunikatsiyaning kengayishi hamda kriminal terminologiyani standartlashtirish zarurati bilan belgilanadi. Kriminal terminlar jinoyat, tergov, sud, jazo, jinoyatchilik, huquqbuzarlik, jabrlanuvchi va jinoyat subyekti kabi tushunchalarni aniq, rasmiy va tizimli tarzda ifodalovchi maxsus leksik birliklar hisoblanadi. Tadqiqotda ingliz tilidagi crime, offence, felony, misdemeanor, robbery, assault, bribery, petty crime, quasi crime, index crime kabi terminlar hamda o‘zbek tilidagi jinoyat, jazo, jabrlanuvchi, o‘g‘rilik, poraxo‘rlik, sudlanganlik, jinoiy javobgarlik, og‘ir jinoyat, o‘ta og‘ir jinoyat kabi birliklar qiyosiy tahlil qilinadi.