Ijtimoiy-gumanitar fanlar

“SHUM BOLA” QISSASIDAGI OZIQ-OVQAT NOMLARINING LEKSEK-SEMANTIK TAHLILI

Oziq-ovqat leksikasi, gastronomik leksika, leksik-semantik tahlil, badiiy matn, semantik maydon, Shum bola.

Mualliflar

  • Madina MUHAMMADIYEVA Tayanch doktorant, Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, Uzbekistan

Mazkur maqolada Shum bola qissasidagi oziq-ovqat nomlari leksik-semantik jihatdan tadqiq etilgan. Tadqiqot davomida gastronomik leksikaning nazariy asoslari yoritilib, oziq-ovqat leksemalarining semantik maydoni, leksik-semantik guruhlari hamda funksional xususiyatlari tahlil qilindi. Asarda qo‘llangan “mosh”, “moshxo‘rda”, “qurt”, “chalpak”, “qovoq” kabi leksemalar leksek semantik tahlil qilindi. Shuningdek, oziq-ovqat nomlarining qahramon xarakterini yaratish, ijtimoiy muhitni tasvirlash va milliy koloritni ifodalashdagi o‘rni ilmiy asosda izohlandi. Tadqiqot natijasida gastronomik leksika badiiy matnda nafaqat maishiy birlik, balki xalqning tarixiy-madaniy tafakkurini aks ettiruvchi semantik va funksional tizim sifatida namoyon bo‘lishi asoslandi.