Ijtimoiy-gumanitar fanlar

LINGVISTIK EKSPERTIZA OBYEKTI:MUAMMO VA YECHIMLAR

Lingvistik ekspertiza, ekspertiza, tahlil, obyekt, predmet, muammoli matn, xulosa, noverbal vositalar.

Mualliflar

  • Kamola MUSULMONOVA Doktorant, PhD, Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, Toshkent, O‘zbekiston, Uzbekistan

Har qanday sohada muammoning obyektini belgilab olish uning samarali yechimiga xizmat qiladi. Lingvistik ekspertizada aynan qanday matnlarni tekshirish masalasi bahsli. Odatda noverbal nutq vositalarini lingvistik ekspertiza qilishga Shubha bilan qaraladi. Biroq axborot tashish funksiyasiga ega har qanday vosita lingvistik ekspertiza obyekti bo‘lishi mumkin. Maqolada lingvistik ekspertiza obyektini belgilash, muammoli holatlarga yechim toppish, shuningdek, masalaning huquqiy jihatiga qay tarzda e’tibor qaratish lozimligi borasidagi mulohazalar o‘rin olgan. Tahlillar vositasida har qanday axborot tashish funksiyasiga ega materiallar lingvistik ekspertiza obyekti bo‘la olishi asoslangan.