OBRO‘SIZLANTIRISH HAQORAT BO‘YICHA LINGVISTIK EKSPERTIZA OBYEKTI SIFATIDA
##submission.downloads##
Ushbu maqolada zamonaviy tilshunoslikning dolzarb yo‘nalishlaridan biri – sud-lingvistik ekspertizasida obro‘sizlantirish (diskreditatsiya) va haqorat tushunchalarining lingvistik tabiatini tadqiq etish masalalari ko‘rib chiqiladi. Maqolada shaxsning sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘sini himoya qilish bilan bog‘liq huquqbuzarliklarni baholashda lingvistik mezonlarning o‘rni tahlil qilingan. Tadqiqot davomida haqorat va obro‘sizlantirish tushunchalarining semantik va pragmatik chegaralari, xalqaro huquq amaliyotidagi mezonlar (jumladan, “Sallivan testi”) hamda ekspertiza jarayonida fakt va shaxsiy mulohazani farqlash tamoyillari yoritib berilgan. Mualliflar obro‘sizlantirishni alohida nutqiy strategiya sifatida tahlil qilib, uning sud-lingvistik ekspertiza obyekti sifatidagi o‘ziga xos xususiyatlarini dalillaydi.
1. O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 1-iyundagi “Sud ekspertizasi to‘g‘risida”gi O‘RQ–249-son qonuni
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-fevraldagi “Sud ekspertizasi tadqiqotlarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi namunaviy nizomni tasdiqlash haqida”gi 73-son qarori
3. New York Times Co. v. Sullivan, 376 U.S. 254 (1964); Lewis, A. Make No Law: The Sullivan Case and the First Amendment / Anthony Lewis. – New York: Random House, 1991. – 269 p.
4. Hopkins, W. W. Actual Malice: Twenty-five Years after New York Times Co. v. Sullivan / W. Wat Hopkins. – New York: Praeger, 1989. – 215 p.
5. Кузнецов С.А., Оленев С.В., Плотникова А.М., Санников А.В. Методические рекомендации по назначению и производству лингвистических экспертиз. – Москва: ЭКЦ МВД России. – 2010.
6. Баранов А.Н. Лингвистическая экспертиза текста: теория и практика. – Mосква: «Флинта», 2007 (2-ое изд: 2013).
7. Yuridik atamalar qomusiy lug‘ati. – Toshkent: “Sharq”, 2013.
8. Голев Н.Д. Юридический аспект языка в лингвистическом освещении // Юрислингвистика: проблемы и перспективы: Межвуз. сб. научных трудов. – Барнаул: Изд-во Алт. ун-та, 1999. – С. 7.
9. O‘rozov J. O‘zbek tili lingvokriminalistikasi: monografiya. – Toshkent: Bookmany print, 2023. – B. 9.
10. Ko‘chimov Sh.N. Sud lingvistik ekspertizasi: monografiya. – Toshkent: Bookmany print, 2025. – 12 b.
11. Najmiddinova N. Oʻzbek tilidagi “shaxsni obroʻsizlantirish” mazmunli ifodalarning lingvistik ekspertizasi: filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori(PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya. – Qo‘qon, 2025. – 125 b.
Mulkiiyat (c) 2026 «O‘zMU XABARLARI»

Ushbu ish quyidagi litsenziya asosida ruxsatlangan Kreativ Commons Attribution-NonCommercial-ShareAlike 4.0 International litsenziyasi asosida bu ish ruxsatlangan..




.jpg)

.png)




