Ijtimoiy-gumanitar fanlar

JAMIYAT VA ICHKI ISHLAR ORGANLARI O‘RTASIDAGI IJTIMOIY SHARTNOMA FALSAFASI

Ijtimoiy shartnoma, ichki ishlar organlari, jamiyat, davlat, legitimlik, huquqiy ong, fuqarolik jamiyati, xavfsizlik, ishonch, institutsional islohot, falsafa, ijtimoiy nazariya.

Mualliflar

  • Umidjon BOYXONOV Tadqiqotchi, Namangan davlat universiteti, Namangan, O‘zbekiston, Uzbekistan

Mazkur maqolada jamiyat va ichki ishlar organlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning falsafiy asoslari ijtimoiy shartnoma
nazariyasi kontekstida tahlil qilinadi. Tadqiqotda davlat hokimiyati va fuqarolik jamiyati o‘rtasidagi legitimlik, ishonch va ijtimoiy
mas’uliyat kategoriyalari ilmiy-falsafiy yondashuv asosida yoritiladi. Shuningdek, ichki ishlar organlarining zamonaviy
transformatsiyasi – jazolovchi apparatdan xizmat ko‘rsatuvchi institutga aylanish jarayoni ijtimoiy shartnoma tamoyillari bilan
bog‘liq holda tahlil qilinadi. Maqola fuqarolar xavfsizligi, huquqiy ong va davlat institutlariga bo‘lgan ishonchni mustahkamlashda
ijtimoiy shartnoma konsepsiyasining metodologik ahamiyatini ochib beradi.