Ijtimoiy-gumanitar fanlar

MASOFAVIY TA’LIM MUHITIDA SHAXS XUSUSIYATLARINING NAMOYON BO‘LISH OMILLARI

Katta Beshlik modeli, masofaviy ta’lim, vijdonlilik (mas’uliyatlilik), hissiy beqarorlik, bilish faolligi, o‘z-o‘zini boshqarish, , ta’sir ko‘lami

Mualliflar

  • Samandar ZOHIDOV Tayanch doktorant, O‘zbekiston Milliy universiteti, Toshkent, O‘zbekiston, Uzbekistan

Ushbu tahliliy tadqiqot masofaviy ta’lim sharoitida shaxs xususiyatlarining – Katta Beshlik modeli asosida vijdonlilik (mas’uliyatlilik), hissiy beqarorlik (nevrotizm), ekstraversiya (tashqariga yo‘nalganlik), muloqotchanlik (kelishuvchanlik) va tajribaga ochiqlik (yangilikka ochiqlik) — namoyon bo‘lishiga ta’sir etuvchi omillarni tizimli o‘rganishga bag‘shlangan. 2018–2024-yillar orasida Web of Science, Scopus, PsycINFO va ERIC bazalarida nashr etilgan 21 ta empirik tadqiqot PRISMA protokoli asosida tanlandi (umumiy tanlanma: N = 5843). Natijalar vijdonlilik (mas’uliyatlilik) xususiyatining masofaviy muhitda akademik o‘zlashtirishning eng kuchli determinanti (Hedges’ g = 0.86; r = .41; p < .001) ekanligini ko‘rsatgan bo’lsa, hissiy beqarorlik (nevrotizm) salbiy ta’sir ko‘rsatganligi aniqlangan (g = −0.69). Moderatorlik tahlili asinxron ta’lim formati va raqamli infratuzilma sifatining ta’sir ko‘lamini sezilarli darajada o‘zgartirishi mumkinligini tasdiqladi (I² = 68–74%). Natijalar O‘zbekiston kontekstida ham muhokama qilingan.