Ijtimoiy-gumanitar fanlar

INKLYUZIV TA’LIM SHAROITIDA INGLIZ TILINI O‘QITISHDA INDIVIDUAL YONDASHUVLARNING PEDAGOGIK ASOSLARI

inklyuziv ta’lim, individual yondashuv, ingliz tilini o‘qitish, differensial ta’lim, kommunikativ metod, maxsus ehtiyojli o‘quvchilar, pedagogik texnologiyalar, multimodal ta’lim

Mualliflar

  • Nargiza YAKIBOVA Mustaqil tadqiqotchi, Namangan davlat universiteti, Namangan, O‘zbekiston, Uzbekistan

Mazkur maqolada inklyuziv ta’lim sharoitida ingliz tilini o‘qitishda individual yondashuvlarning pedagogik asoslari tahlil qilingan. Tadqiqotda maxsus ta’lim ehtiyojiga ega bo‘lgan o‘quvchilarning psixologik-pedagogik xususiyatlari, ularning til o‘rganish jarayonidagi individual ehtiyojlari hamda differensial ta’lim metodlarining samaradorligi yoritilgan. Shuningdek, kommunikativ yondashuv, moslashtirilgan topshiriqlar, multimodal metodlar va raqamli texnologiyalar asosida ingliz tilini o‘qitishning nazariy-metodologik jihatlari ochib berilgan. Maqolada inklyuziv ta’lim muhitida o‘qituvchining pedagogik kompetensiyasi hamda individual ta’lim trayektoriyasini tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan.