Ijtimoiy-gumanitar fanlar

OLIY TA’LIM TIZIMIDA INGLIZ TILINI O‘QITISHNING ZAMONAVIY MEXANIZMI

ingliz tilini chet tili sifаtidа о'qitish, оliy tа’lim, klаster yоndаshuvi, uzluksiz tа’lim, mоdel, mоdul, iqtisоdiy sоhа (nоfilоlоgik tа’lim yо’nаlishi), ixtisоslаshtirilgаn ishlаb chiqаrish bо‘limlаri.

Mualliflar

O‘zbekistonda sanoat ishlab chiqarishini takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar, eng avvalo, ta’lim tizimida
o‘z ifodasini topmoqda. Olib borilgan ilmiy izlanishlar va tadqiqotdan ko‘zlangan asosiy maqsad ta’lim tizimi muassasalarining
ishlab chiqarish tashabbuslari bilan hamkorligini boshlashdan va uni rivojlantirishdan iborat. Yuqori malakali kadrlar tayyorlash
sifatini oshirish va xorijiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun xorijiy tillarni tayyorlash bo‘yicha xalqaro darajaga chiqish zarur.
Tadqiqot ishi 2020-2023-yillarda o‘tkazilgan bo‘lib, unda respublikaning 3 ta oliy ta’lim muassasasi ishtirok etdi. Bizning olib
borgan tadqiqotimizning asosiy vazifasi ingliz tilini o‘qitishda klaster yondashuvlariga asoslangan modul tizimini yaratish, ayniqsa,
yuqori sohalarda klasterga asoslangan ingliz tilini o'rgatish mexanizmini ishlab chiqishdir. Ta’lim muassasalari