Ijtimoiy-gumanitar fanlar

INGLIZ TILINI O‘QITISH VOSITASI SIFATIDA MONOLOGLARDAN SUN’IY INTELLEKT ORQALI FOYDALANISHNING MUVAFFAQIYATLI STRATEGIYALARI

ingliz tili, monologik nutq, sun’iy intellekt, kommunikativ kompetensiya, raqamli ta’lim, interaktiv metodlar, til o‘qitish strategiyalari.

Mualliflar

  • Nilufar MADAMINOVA Yetakchi oqituvchi, Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi akademik litseyi, Toshkent, O‘zbekiston, Uzbekistan

Mazkur maqolada ingliz tilini o‘qitish jarayonida monologik nutqni rivojlantirishda sun’iy intellekt texnologiyalaridan samarali
foydalanish strategiyalari yoritiladi. Tadqiqotda AI asosidagi vositalar yordamida talabalarning mustaqil fikrlash, og‘zaki nutqni
rejalashtirish, talaffuzni takomillashtirish va kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirish imkoniyatlari tahlil qilinadi.
Shuningdek, monologik topshiriqlarni individuallashtirish, avtomatik fikr-mulohaza olish, nutq xatolarini aniqlash va
o‘quvchilarning til o‘rganishga bo‘lgan motivatsiyasini oshirishga qaratilgan metodik yondashuvlar ko‘rib chiqiladi. Maqolada
sun’iy intellekt vositalaridan foydalanish ingliz tili darslarida interaktiv, shaxsga yo‘naltirilgan va samarali ta’lim muhitini
shakllantirishga xizmat qilishi asoslab beriladi