Ijtimoiy-gumanitar fanlar

RAQAMLI TA’LIM MUHITIDA TALABALARNING KIBERXAVFSIZLIK MADANIYATINI RIVOJLANTIRISHDA INTERAKTIV METODLAR VA PSIXOLOGIK OMILLAR

kiberxavfsizlik madaniyati, raqamli psixologiya, kiber-gigiyena, interaktiv metodlar, O‘zMU, raqamli immunitet, kiberbulling, fishing.

Mualliflar

  • Alisher MATYAKUBOV Fizika-matematika fanlari doktori, dotsent, O‘zbekiston Milliy universiteti, Toshkent, O‘zbekiston, Uzbekistan
  • Feruz MUXAMMADIYEV Dotsent v.b., PhD, O‘zbekiston Milliy universiteti, Toshkent, O‘zbekiston, Uzbekistan

Ushbu maqolada raqamli ta’lim muhitida talabalarning kiberxavfsizlik madaniyatini shakllantirishning pedagogik strategiyalari va
psixologik mexanizmlari tadqiq etilgan. O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan 65 nafar ishtirokchidan
iborat eksperiment natijalari asosida kiber-o‘yinlar va psixologik treninglarning samaradorligi isbotlangan. Maqolada
kiberxavfsizlikni ta’minlashda shaxsning emotsional intellekti va kritik fikrlash darajasi o‘rtasidagi korrelyatsiya tahlil qilingan