Ijtimoiy-gumanitar fanlar

STEAM ASOSIDA FIZIKA FANIDA TABIIY HODISALARNI VR/AR TEXNOLOGIYALARI ORQALI O‘RGANISHNING DIDAKTIK IMKONIYATLARI

STEAM yondashuvi, fizika ta’limi, tabiiy hodisalar, VR texnologiyalari, AR texnologiyalari, virtual laboratoriya, kengaytirilgan reallik, 3D modellashtirish, interaktiv ta’lim, raqamli ta’lim texnologiyalari

Mualliflar

  • Dilbarxon USMONOVA, Stajyor tadqiqotchi, O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti, Toshkent, O‘zbekiston, Uzbekistan

Ushbu maqolada STEAM yondashuvi asosida fizika fanida tabiiy hodisalarni VR/AR texnologiyalari orqali o‘rganishning didaktik imkoniyatlari tahlil qilinadi. Yorug‘likning sinishi va qaytishi, jismlar harakati, elektr va magnit maydonlar, tovush to‘lqinlari hamda issiqlik almashinuvi kabi murakkab jarayonlarni an’anaviy usullarda tushuntirish o‘quvchilarda to‘liq tasavvur hosil qilishda qiyinchilik tug‘dirishi mumkin. VR/AR texnologiyalari esa ushbu hodisalarni 3D muhitda kuzatish, modellashtirish va tajriba asosida o‘rganish imkonini beradi.
STEAM yondashuvi fizika ta’limida fanlararo integratsiyani ta’minlab, tabiiy hodisalarning ilmiy mohiyatini anglash, virtual modellar yaratish, fizik qonuniyatlarni hisob-kitob va grafiklar orqali asoslashga xizmat qiladi. Ushbu yondashuv o‘quvchilarning bilish faolligi, qiziqishi, amaliy ko‘nikmalari va mustaqil fikrlashini rivojlantiradi hamda nazariy bilimlarni amaliy vaziyatlarda qo‘llash kompetensiyasini shakllantirishga yordam beradi.