Ijtimoiy-gumanitar fanlar

BILINGVAL TA’LIM MUHITIDA KOMMUNIKATIV KOMPETENSIYANI RIVOJLANTIRISH MODELI

bilingvallik, bilingval ta’lim, kommunikativ kompetensiya, xorijiy til o‘qitish, madaniyatlararo kommunikatsiya, pedagogik model, til o‘rganish metodikasi, ko‘p tillilik

Mualliflar

  • Muattar MILIYEVA Dotsent v.b., PhD, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, Toshkent, O‘zbekiston, Uzbekistan

Mazkur maqolada bilingval ta’lim muhitida talabalarning kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirish masalasi ilmiy-pedagogik
nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Tadqiqotning maqsadi ikki tilli ta’lim sharoitida kommunikativ kompetensiyani shakllantirishning
samarali modelini ishlab chiqishdan iborat. Tadqiqot davomida pedagogik tahlil, taqqoslash, kuzatuv, modellashtirish va statistik
tahlil metodlaridan foydalanildi. Natijalar bilingval ta’lim kommunikativ kompetensiyaning lingvistik, sotsiolingvistik va
pragmatik komponentlarini rivojlantirishda muhim omil ekanligini ko‘rsatdi. Maqolada taklif etilgan model talabalarning nutqiy
faolligini oshirish, madaniyatlararo muloqotni rivojlantirish va xorijiy tilni amaliy qo‘llash ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat
qiladi.