Tabiiy fanlar

3-METILPIRIDIN MOLEKULASINING TEBRANISH DINAMIKASI VA MOLEKULALARARO TA’SIRLASHUVLARNING RAMAN SPEKTRLARIDA NAMOYON BO‘LISH QONUNIYATLARI

Raman sochilish, 3-metilpiridin, molekulalararo ta’sirlashuv, H-bog‘lanish, quyi chastota.

Mualliflar

Ushbu ishda 3-metilpiridin molekulasining tebranish dinamikasi va molekulalararo ta’sirlashuvlarning Raman spektrlarida
namoyon bo‘lish qonuniyatlari tadqiq qilindi. Raman spektroskopiyasi asosida asosiy tebranma modalar chastotalari, intensivliklari
va spektral chiziqlar shaklining muhit ta’sirida o‘zgarishi tahlil etildi. Molekula tarkibidagi azot atomi va metil guruhi tufayli
yuzaga keladigan H - bog‘lanishlarning spektral belgilariga alohida e’tibor qaratildi. Tajriba natijalarida ayrim modalar
chastotalarining siljishi, chiziqlarning kengayishi va intensivliklarning qayta taqsimlanishi kuzatildi. Ushbu o‘zgarishlar
molekulalararo assotsiatsiya jarayonlari bilan izohlandi. Olingan natijalar ichki molekulyar tebranishlar va molekulalararo o‘zaro
ta’sirlar o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni ko‘rsatadi. Tadqiqot natijalari azot saqlovchi aromatik birikmalarning strukturaviy-dinamik
xossalarini chuqurroq tushunishga xizmat qiladi.