Tabiiy fanlar

(±)-GOSSYPOLNING CDK2 VA SARS-COV-2 MPRO OQSILLARI BILAN KOMPLEKSLARINING MOLEKULYAR DINAMIK TADQIQOTLARI

(±)-Gossipol, Atropoizomerlar, SARS-COV-2 Mpro, Siklinga bogʻliq kinaza 2, Molekulyar doking, Molekulyar dinamika.

Mualliflar

  • Alisher YESHIMBETOV, OʻzR FA akad. O.S. Sodiqov nomidagi Bioorganik kimyo instituti katta ilmiy xodimi, k.f.n, Uzbekistan
  • Xamid XODJANIYAZOV OʻzR FA akad. O.S. Sodiqov nomidagi Bioorganik kimyo instituti yetakchi ilmiy xodimi, k.f.d, Uzbekistan
  • Jamshid ASHUROV OʻzR FA akad. O.S. Sodiqov nomidagi Bioorganik kimyo instituti professori, k.f.d, Uzbekistan
  • Baxtiyar IBRAGIMOV, OʻzR FA akad. O.S. Sodiqov nomidagi Bioorganik kimyo instituti, akademik, Uzbekistan

Ushbu tadqiqotda (±)-gossipol (Gp) va ikkita biologik muhim nishon oqsillar: SARS-CoV-2 asosiy proteazasi (Mpro) va siklinga bogʻliq kinaza 2 (CDK2) oʻrtasidagi oʻzaro ta’sirlar molekulyar doking va molekulyar dinamika usullarida oʻrganildi. Molekulyar doking orqali ikkala izomerning ham qariyb bir xil saytga bogʻlangan komplekslari MD simulyatsiyalari uchun tanlandi. MD natijalari PGp va MGp nishon oqsillari bilan barqaror komplekslarni hosil qilganligi simulyatsiyalar davomida aniqlandi. Bundan tashqari, MM(PB/GB)SA erkin energiya hisoblashlari ikkala izomerning ham nishon oqsillariga bogʻlanish energiyalari deyarli bir xil ekanligini koʻrsatdi