Ijtimoiy-gumanitar fanlar

“TURKESTANSKIY SBORNIK” (TURKISTON TO‘PLAMI) NING TUZILISHI TARIXI VA UNING AHAMIYATI HAQIDA

“Turkiston to‘plami”, K.P.Kaufman, V.I.Mejov, N.M.Prjevalskiy, I.V.Mushketov, P.P.Semenov, N.A.Seversov, N.V.Dmitrovskiy A.A.Semyonov, Y.K.Betger, jild, A.Navoiy kutubxonasi

Mualliflar

  • Tolib SAFAROV, Buxoro davlat texnika universiteti, tarix fanlari nomzodi, dotsent, Uzbekistan

Ushbu maqolada 1867-yilda tashkil etilgan Turkiston–general gubernatorligi ma’murlari tomonidan juda ko‘pchilikni qiziqishiga sabab hudud sifatida, unda mavjud bo‘lgan barcha imkoniyatlardan yanada samarali foydalanish uchun bu o‘lkani muntazam ravishda o‘rganishning kun tartibiga chiqishi, ayniqsa rus sanoati rivoji uchun zarur bo‘lgan xom ashyoni olib chiqishni taqozo etadigan aloqa yo‘llarini izlash zarurati bilan bog‘liq masalalarni o‘rganish shuningdek, Turkiston o‘lkasining ijtimoiy, siyosiy, tarixiy, iqtisodiy hamda madaniy hayotiga oid turli ma’lumotlarni to‘plash asosida rus ma’muriyati va ziyoli jamoatchiligi vakillarini axborot bilan ta’minlash maqsadida taniqli bibliograf Vladimir Izmailovich Mejovga Markaziy Osiyo va unga qo‘shni mamlakatlarga oid barcha gazeta va jurnal nashrlarini, shuningdek, rus va xorijiy mualliflarning har xil mavzudagi ilmiy asarlarini qamrab oluvchi to‘plam tuzishni taklif qilingani natijasida “Turkiston to‘plami” tuzilishi bilan bog‘liq jarayonlar haqida fikr-mulohaza yuritilgan.