Ijtimoiy-gumanitar fanlar

ALISHER NAVOIY ILMIY-ADABIY MEROSIDA AXLOQIY TARBIYA VA KOMIL INSON G‘OYASI: ETNOLOGIK TAHLIL

etnologiya, komil inson, axloqiy tarbiya, etnopedagogika, xalq pedagogikasi, milliy mentalitet, Navoiy merosi, ustoz-shogird an’anasi, etnik qadriyatlar.

Mualliflar

Ushbu maqolada Alisher Navoiy ilmiy-adabiy merosidagi axloqiy tarbiya tizimi va komil inson g‘oyasi etnologik yondashuv asosida keng ko‘lamda tahlil etiladi. Maqola muallifi Navoiy asarlarini yaxlit etnologik-pedagogik tizim sifatida ko‘rib chiqadi va ushbu tizimning o‘zbek xalqi etnik mentaliteti, milliy qadriyatlari hamda an’anaviy tarbiya amaliyoti bilan aloqadorligini ochib beradi. Tadqiqot davomida Navoiyning «Mahbub ul-qulub», «Xamsa», «Hayrat ul-abror», «Muhokamat ul-lug‘atayn» kabi asarlarida mujassamlashgan tarbiyaviy g‘oyalar etnologiya va xalq pedagogikasi tamoyillari nuqtai nazaridan yangicha talqin etiladi. Tadqiqotning ilmiy yangiligi shundaki, Navoiy merosi birinchi marta yaxlit etnologik dastur sifatida taqdim etilmoqda va uning har bir komponenti zamonaviy etnologik nazariyalar bilan qiyosiy tahlil qilinmoqda