Ijtimoiy-gumanitar fanlar

O‘ZBEKISTONDA KIBERXAVFSIZLIK SIYOSATI VA RAQAMLI TARAQQIYOTNING ZAMONAVIY TENDENSIYALARI

kiberxavfsizlik, raqamli taraqqiyot, axborot xavfsizligi, raqamli transformatsiya, davlat siyosati, elektron hukumat, kiberxatarlar, raqamli iqtisodiyot.

Mualliflar

  • Oblobergan YOQUBOV, mustaqil tadqiqotchi, Farg‘ona davlat universiteti, Farg‘ona, O‘zbekiston, Uzbekistan

Mazkur maqolada O‘zbekistonda kiberxavfsizlik siyosatining shakllanishi va rivojlanishining ijtimoiy-falsafiy asoslari hamda raqamli taraqqiyotning zamonaviy tendensiyalari tahlil qilinadi. Tadqiqotda raqamli transformatsiya jarayonlarining davlat boshqaruvi, iqtisodiyot, ta’lim va fuqarolik jamiyati rivojiga ta’siri yoritilgan. Shuningdek, kiberxavfsizlik siyosatining asosiy yo‘nalishlari, axborot xavfsizligini ta’minlash mexanizmlari hamda milliy raqamli makon barqarorligini mustahkamlash masalalari o‘rganilgan. Tadqiqot natijasida O‘zbekistonda kiberxavfsizlik siyosatini takomillashtirish va raqamli taraqqiyotni jadallashtirish bo‘yicha ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqilgan.