Ijtimoiy-gumanitar fanlar

O‘ZBEKISTONDAGI ERKIN IQTISODIY ZONALARNING ATROF-MUHITGA TA’SIRINI IQTISODIY-GEOGRAFIK BAHOLASH

Erkin iqtisodiy zona, iqtisodiy geografiya, ekologiya, atrof-muhit, sanoatlashuv, hududiy rivojlanish, investitsiya, ekologik xavfsizlik.

Mualliflar

  • Didar NAZAROV Talaba, Urganch davlat universiteti, Urganch, O‘zbekiston, Uzbekistan
  • A. K AMANOV, Katta o‘qituvchi, Urganch davlat unversiteti, Urganch, O‘zbekiston, Uzbekistan

Mazkur maqolada O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan erkin iqtisodiy zonalarning (EIZ) atrof-muhitga ta’siri iqtisodiy-geografik nuqtai nazardan tahlil qilinadi. So‘nggi yillarda mamlakatda investitsiyalarni jalb etish, sanoat ishlab chiqarishini rivojlantirish va eksport salohiyatini oshirish maqsadida bir qator erkin iqtisodiy zonalar tashkil etildi. Ushbu hududlar iqtisodiy rivojlanishga sezilarli hissa qo‘shayotgan bo‘lsa-da, ularning ekologik holatga ta’sirini baholash dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Tadqiqot davomida iqtisodiy-geografik tahlil, hududiy taqqoslash va statistik ma’lumotlarni umumlashtirish usullaridan foydalanildi. Natijalar erkin iqtisodiy zonalarning joylashuvi, sanoat ixtisoslashuvi va tabiiy resurslardan foydalanish darajasi ekologik holatga bevosita ta’sir ko‘rsatishini ko‘rsatdi. Shu bilan birga, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va ekologik boshqaruv mexanizmlarini takomillashtirish orqali salbiy ta’sirlarni kamaytirish imkoniyatlari mavjudligi aniqlandi.