Ijtimoiy-gumanitar fanlar

YANGI O‘ZBEKISTONDA MAHALLABAY ISHLASH TIZIMI: IJTIMOIY BOSHQARUVNING YANGI MODELI SIFATIDA

Yangi O‘zbekiston, mahallabay ishlash tizimi, mahalla instituti, ijtimoiy boshqaruv, fuqarolik jamiyati, mahalla yettiligi, ijtimoiy xizmatlar, bandlik, kambag‘allikni qisqartirish, institutsional islohotlar

Mualliflar

Ushbu maqolada Yangi O‘zbekistonda joriy etilgan mahallabay ishlash tizimining ijtimoiy boshqaruvdagi o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi. Tadqiqotda mazkur tizimning institutsional asoslari, mahalla darajasida davlat organlari va jamoatchilik o‘rtasidagi hamkorlik mexanizmlari, aholi muammolarini manzilli hal etishdagi samaradorligi hamda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga ta’siri o‘rganilgan. Shuningdek, mahallabay ishlash tizimining kambag‘allikni qisqartirish, bandlikni ta’minlash, ijtimoiy xizmatlar sifatini oshirish va fuqarolarning davlat boshqaruvidagi ishtirokini kuchaytirishdagi roli ilmiy jihatdan yoritilgan. Tadqiqot natijalari mahallabay ishlash tizimining zamonaviy ijtimoiy boshqaruvning innovatsion modeli sifatida shakllanib borayotganligini ko‘rsatadi