Ijtimoiy-gumanitar fanlar

10–11-SINF O‘QUVCHILARINING INGLIZ TILINI O‘RGANISH JARAYONIDA “HAYOTIY KO‘NIKMALAR”NI HAMKORLIK TEXNOLOGIYALARI YORDAMIDA RIVOJLANTIRISH

hayotiy ko‘nikmalar, hamkorlik texnologiyalari, ingliz tili ta’limi, jamoada ishlash, kommunikativ kompetensiya, tanqidiy fikrlash, muammo yechish, o‘quvchi faolligi.

Mualliflar

Mazkur maqolada 10–11-sinf o‘quvchilarining ingliz tilini o‘rganish jarayonida hayotiy ko‘nikmalarni hamkorlik texnologiyalari
vositasida rivojlantirish masalasi tahlil qilinadi. Tadqiqotning dolzarbligi umumiy o‘rta ta’limda chet tilini o‘qitishning faqat
lingvistik bilimlar bilan cheklanib qolmay, o‘quvchilarda muloqot, jamoada ishlash, muammoni hal etish, mas’uliyatni taqsimlash,
tanqidiy va ijodiy fikrlash kabi universal kompetensiyalarni ham shakllantirish zarurati bilan izohlanadi. Maqolada hamkorlikda
o‘qitish, kichik guruhlarda ishlash, juftlikdagi muloqot, loyiha usuli, rol o‘ynash, muammoli vaziyatlar tahlili kabi
yondashuvlarning pedagogik imkoniyatlari yoritiladi