Ijtimoiy-gumanitar fanlar

TEMURIYLAR DAVRINING HIROTDAGI ME’MORIY YODGORLIKLARI TARIXIDAN

Xuroson, Hirot, XIV-XV asrlar me’morchiligi, Temuriylar davri me’moriy yodgorliklari, me’moriy uslub, me’moriy bezaklar, tarixiy an’analar, tarixiy yodgorliklarning turlari, qal’a, saroy, masjid, madrasa, minora, maqbara, xonaqoh, ziyoratgoh, bogʻ va chorbogʻlar.

Mualliflar

Mazkur maqola XIV-XV asrlarda Temuriylar davlatining ikki poytaxt shaharlaridan biri – Hirotda bunyod etilgan arxitektura yodgorliklari tarixini yoritishga bagʻishlangan. Maqolada “Sharq renessansining ikkinchi bosqichi” sifatida e’tirof etilgan Amir Temur va Temuriylar davrida ilm-fan hamda madaniy sohalarda erishilgan yutuqlarning Xuroson me’morchiligiga ta’siri masalasini oydinlashtirishga alohida e’tibor qaratilgan. Xususan, Xuroson me’morchiligida tarixiy an’analarning davomiyligi, sohada kuzatilgan yangiliklar, ushbu hudud me’moriy uslubi va bezak san’atidagi o‘ziga xosliklar Hirotning mashhur me’moriy yodgorliklari misolida o‘rganilgan