Ijtimoiy-gumanitar fanlar

IJTIMOIY XAVFSIZLIK VA DAVLAT QURILISHI: KONSEPTUAL ASOSLAR HAMDA O‘ZBEKISTON TAJRIBASI

ijtimoiy xavfsizlik, inson xavfsizligi, ijtimoiy davlat, ijtimoiy siyosat, ijtimoiy himoya, davlat qurilishi, “O‘zbekiston - 2030”.

Mualliflar

  • Qobil Q. SHOIMOV Magistrant (MPA), mustaqil tadqiqotchi, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, Toshkent, O‘zbekiston, Uzbekistan

Maqolada ijtimoiy xavfsizlik tushunchasi inson xavfsizligi nazariyasi, ijtimoiy siyosat va davlat qurilishi kesishmasida tahlil qilinadi. Tadqiqotning maqsadi ijtimoiy xavfsizlikni siyosatshunoslikning mustaqil analitik toifasi sifatida operatsionallashtirish hamda O‘zbekiston islohotlari tajribasida uning institutsional imkoniyatlarini baholashdan iborat. Maqolada milliy ijtimoiy xavfsizlik konsepsiyasi, indikatorlar tizimi hamda fuqarolik va ekspert ishtirokini kuchaytirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan.