Ijtimoiy-gumanitar fanlar

KASBIY DISKURS VA ESP INTEGRATSIYASINING NAZARIY VA METODOLOGIK ASOSLARI

kasbiy diskurs, ESP, kommunikativ kompetensiya, pragmatika, terminologiya, autentik materiallar

Mualliflar

  • Dilbar SHOMURADOVA PhD, О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti, Toshkent, O‘zbekiston, Uzbekistan

Ushbu maqolada kasbiy diskurs va ESP (English for Specific Purposes) o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik hamda ularning zamonaviy tilshunoslik va chet tillarni o‘qitish metodikasidagi o‘rni yoritilgan. Kasbiy muloqotning lingvistik, pragmatik va kommunikativ xususiyatlari tahlil qilinib, ESP ta’limida kasbiy diskurs elementlari, autentik matnlar va terminologik birliklardan foydalanishning ahamiyati asoslab berilgan. Shuningdek, kasbiy diskurs ESP ta’limining muhim tarkibiy qismi bo‘lib, u talabalarning kasbiy kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirish, tilni real kasbiy faoliyat bilan bog‘lash hamda samarali muloqot ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qilishi aniqlangan.